<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><title>UMR</title>
<lyrics>[V1]
 Oy pisand etmayin
 Qora bulutni
 Osmon peshtoqida
 Suzib boradi
 Xayotimda kelgan
 Barcha sinovlar
 Mendan qusurlarni
 Uzib boradi.

[V2]
 Oʻylanib qolaman
 Qolganda yolgʻiz
 Siz bilan dardlashib
 Dardim ariydi.
 Bilaman gunohlar
 Dastidan bir kun
 // Bu magʻrur tanam xam
 Nochor qariydi. //

[V3]
 Oʻlim kulib kelar
 Qoshimga bir kun
 Tanamni quchoqlab
 Olib ketadi
 Ruhim qafasidan
 Chiqqan bir qushdek
 Sano aytib meni
 Sizga eltadi.

[V4]
 Chamanlar kezarman
 Jannat bogʻida
 Rabbim xuzuringiz
 Yashnatar takror
 Yerdagi bugʻ kabi
 Oʻtgan umrimda
 Faqat Sizga bitgan
 Sanolarim bor!</lyrics>
<author>Ravshan Xizirov</author>
</song>